Digital SAT imtihoni haqida 10 ta fakt

SAT (Scholastic Assessment Test) imtihoni haqida 10 ta fakt.
1. Nomlanishi:
Dastlab bu qisqartma "Scholastic Aptitude Test" (Maktab qobiliyatlarini tekshirish testi) deb nomlangan. Hozirgi kunda esa u hech qanday so'zlarning qisqartmasi hisoblanmaydi, rasman shunchaki "SAT" deb ataladi.
\left({a^{\dfrac{1}{3}}+b} + \dfrac{4b^2-a^{\dfrac{2}{3}}}{\sqrt[3]{a}-b} \right) \colon \left( \dfrac{a^{\tfrac{1}{3}}}{\sqrt[3]{a^2}-b^2} - \dfrac{2}{\sqrt[3]{a}+b} + \dfrac{1}{\sqrt[3]{a}-b} \right) \cdot \dfrac{2}{a^{\dfrac{1}{3}}+b}
2. Tashkilotchi:
Test Amerika Qo'shma Shtatlaridagi "College Board" nomli notijorat tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan va boshqariladi.
3. Baholash tizimi:
SAT natijalari umumiy 400 dan 1600 ballgacha bo'lgan shkala bo'yicha baholanadi. Test ikkita asosiy qismdan iborat: O'qish va Yozish (Reading and Writing) hamda Matematika (Math). Har bir qism 200 dan 800 gacha ball bilan baholanadi.
4. To'liq raqamli format (Digital SAT):
2023-yildan xalqaro talabalar uchun, 2024-yildan esa AQSh talabalari uchun SAT qog'oz shaklidan voz kechib, to'liq kompyuter yoki planshetda topshiriladigan raqamli formatga o'tdi.
5. Testning davomiyligi: Raqamli SAT oldingi qog'oz versiyasidan ancha qisqa. Uning umumiy davomiyligi taxminan 2 soat va 14 daqiqani tashkil qiladi (oldin 3 soat edi).
6. Moslashuvchanlik (Adaptive Test):
Yangi SAT formati "moslashuvchan" (adaptive) hisoblanadi. Ya'ni, har bir qismning birinchi modulidagi savollarga qanday javob berishingizga qarab, ikkinchi modulning qiyinlik darajasi kompyuter tomonidan avtomatik ravishda tanlanadi.
7. Noto'g'ri javoblar uchun jarima yo'q:
SAT testida noto'g'ri javob belgilaganingiz uchun ballingiz qirqilmaydi. Shuning uchun o'quvchilarga javobini bilmagan savollarini ham bo'sh qoldirmasdan, mantiqan taxmin qilib belgilashni tavsiya qilamiz.
8. Kalkulyatordan erkin foydalanish:
Matematika qismining barcha savollarida kalkulyatordan foydalanishga ruxsat etilgan. Test topshiriladigan maxsus dastur (Bluebook) ichida "Desmos" deb nomlangan juda qulay grafik kalkulyator o'rnatilgan.
9. Inshoning (Essay) bekor qilingan:
Oldinlari SAT testida qo'shimcha "Essay" (Insho) yozish qismi bor edi. Ammo College Board 2021-yilda bu qismni rasman bekor qildi. Hozirda imtihon faqat test (multiple-choice) va qisqa javobli savollardan iborat.
10. O'zbekistondagi ahamiyati:
SAT nafaqat AQSh va Yevropa universitetlariga, balki O'zbekistondagi ko'plab xalqaro va nufuzli milliy universitetlarga (masalan, WIUT - Vestminster, Inha, Webster, Turin, shuningdek, davlat OTMlarining ingliz tili va matematika asosiy blokda bo'lgan yo'nalishlariga) kirishda ham to'g'ridan-to'g'ri qabul qilinish yoki katta ustunlik beradi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
